Free Essay

Onlayn Karta

In:

Submitted By Dilshod
Words 1047
Pages 5
[pic] • BOSH SAHIFA • MAHALLIY • DUNYO • TEXNOLOGIYALAR • MUSIQA VA KINO • AVTO • SPORT
[pic]

Telefoningizga internet orqali pul to‘lashni xohlaysizmi?

03.05.2013// Farhod Fayzullayev// Texnologiyalar
2012-yildan boshlab O‘zbekistonda plastik kartalarning yangi turi — onlayn-kartalar muomalaga kiritilishi boshlandi.

Onlayn-kartalarning qanday afzalliklari bor?

• Kartochkangizga pul tushganidan keyin uni “zagruzka” qilish kerak emas; • Internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati
Ushbu maqolada biz “Bilayn”ga pul to‘lash misolida aynan internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqamiz. Internet-to‘lovlarni amalga oshirish uchun sizda albatta onlayn-kartochka bo‘lishi kerak

Menda qanday karta: eski turdagisimi, yo onlayn?

Buni bilish juda oson. Quyidagi rasmga ahamiyat bering:

[pic]
Onlayn-kartalarni farqlash uchun ularda Uzcard logotipi joylashtirilgan

1-qadam: SMS-bildirishnomalarni yoqing

Buning uchun bizga to‘q sariq rangdagi to‘lov terminali kerak bo‘ladi. Uning ko‘rinishi mana bunday:

[pic]
Aynan shunday ko‘rinishdagi terminallar yordamida SMS-bildirishnomalarni ulashingiz mumkin

Bunday terminallar respublikamiz banklari ichida joylashgan. Biz ushbu maqolada O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi binosida joylashgan terminaldan foydalangik.

[pic]
O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi binosi

SMS-bildirishnomalarni yoqish uchun quyidagi amallarni bajaring:

[pic]
Kartochkangizni terminalga kiriting va o‘zbek tilini tanlang

[pic]
Kartochkangiz PIN-kodini kiriting

[pic]
Asosiy menyuda “SMS-xabarnomalar” tugmasini tanlang

[pic]
Ochilgan oynachaga telefon raqamingizni kiriting va “Keyingi” tugmasini bosing

[pic]
Birpas kuting [pic]

[pic]
Bo‘ldi! Kartochka va chekingizni olishni unutmang

[pic]
Tabriklaymiz! Birinchi qadamni muvafaqqiyatli yakunladingiz! SMS-bildirishnomalar yoqilganligi haqida telefoningizga SMS keladi:

[pic]
SMS-bildirishnomalar yoqildi

Endi har bir tranzaksiya (to‘lov) dan keyin sizga quyidagi ko‘rinishda SMS keladi:

[pic]
To‘lov amalga oshirilganda ham SMS keladi

Bunday SMSlar orqali siz kartochkangizda qancha kirim, qancha chiqim bo‘lganini nazorat qilishingiz mumkin

2-qadam: Shaxsiy kabinetingizni yoqing

Buning uchun uzcard.uz saytiga kiring — http://my.uzcard.uz/ebank/ — va quyidagi amallarni bajaring:
[pic]
Uzcard saytiga kiring va ro‘yxatdan o‘ting

[pic]
Ochilgan oynada kartochkangiz raqami va amal qilish muddatini kiriting. So‘ngra “Получить динамический пароль” tugmasini bosing

[pic]
Tugmani bosganingizdan keyin sizga parol SMS ko‘rinishida keladi

[pic]
Parolni tegishli oynachaga kiriting va maydonchalarni to‘ldiring

[pic]
Ro‘yxatdan o‘tganingiz bilan tabriklaymiz!

[pic]
Endi siz Uzcard sayti orqali barcha tranzaksiyalar tarixini ko‘rib turishingiz mumkin

3-qadam: Websum a’zosiga aylaning

“Bilayn”ga pul to‘lash uchun Websum a’zosiga aylanishimiz kerak. Buning uchun websum.uz sahifasiga kiring va quyidagi amallarni bajaring:
[pic]
Websum tizimidan ro‘yxatdan o‘tish

[pic]
“Bilayn”ga pul to‘lash uchun shaxsimizni tasdiqlashimiz lozim

Shuni ta’kidlash joizki, boshqa xizmat turlariga pul to‘lash (masalan, UzDigital TV) uchun shaxsni tasdiqlash shart emas.

[pic]
Shaxsni tasdiqlash sahifasida pasportingizning asosiy va propiska sahifalarini yuklang

Shaxsni tasdiqlash Websum administratorlari tomonidan amalga oshirilgani bois, bu jarayon 1—2 kun vaqt olishi mumkin. Men pasportimni kech soat 17:30da yuklagan bo‘lsam, ertasi kuni ertalab shaxsim tasdiqlangani haqida xabar berildi.

4-qadam: Hisobingizni to‘ldiring

“Bilayn”ga pul to‘lash uchun Websum’dagi hisobingizni to‘ldirishingiz darkor. Masalan, “Bilayn”ga 5000 so‘m to‘lamoqchisiz:

[pic]
Websum’dagi hisobni to‘ldirish uchun tegishli sahifaga o‘ting

[pic]
Ochilgan sahifada belgilangan punktni tanlang

[pic]
Websum’dagi hisobni 5000 so‘mga to‘ldiring

[pic]
Endi Uzcard sahifasi ochiladi. Bu sahifada kartochkangiz raqami, amal qilish muddati, SMS orqali kelgan parol va shaxsiy parolingizni kiriting

[pic]
“Оплатить” tugmasini bosing

[pic]
Ura! To‘lvo muvaffaqiyatli amalga oshirildi! Endi “Back to merchant page” tugmasini bosing

[pic]
5000 so‘m muvaffaqiyatli to‘langanligi haqida telefoningizga SMS keladi

[pic]
Endi hisobingizda 4900 so‘m bor. 100 so‘mini Websum’dagilar olib qolishdi: ular ham oylik olishlari kerak-ku, axir [pic]

Hisobingizdagi pul yordamida siz nafaqat “Bilayn”, balki ko‘pgina boshqa xizmatlarga internet orqali pul to‘lashingiz mumkin.

So‘nggi qadam: “Bilayn”ga pul to‘lang

So‘nggi qadam, ura! Bu qadamda Websum hisobidagi 4900 so‘mingizni “Bilayn”ga o‘tkazamiz:

[pic]
Xizmatlar ro‘yxatidan “Bilayn”ni tanlang

[pic]
Ochilgan oynada telefoningiz raqami va to‘lamoqchi bo‘lgan pulni kiriting

Nima uchun 4900 so‘m emas, balki 4851 so‘m to‘lanyapti? Chunki “Bilayn”ga pul to‘lash paytida 1% komissiya undiriladi. Shunda umumiy komissiya (Websum va Beeline) 3 foizni tashkil qiladi

[pic]
Pul muvaffaqiyatli to‘landi

Ana, “Bilayn”dagi hisobingizga pul tushdi:

[pic]
“Bilayn”ga pul tushganligi haqida SMS

Qoyil! Endi siz hech qiyinchiliklarsiz ko‘p xizmatlar uchun internet orqali pul to‘lashingiz mumkin. Buning uchun yozning jazirama issig‘ida yo qishning ayozli sovug‘ida Paynet qidirib, ko‘chaga chiqishingiz shart emas.

Internet orqali pul to‘lashni do‘stlaringizga o‘rgating, ushbu maqolani ular bilan ulashing. Pul to‘lashni bunday oson yo‘lini barcha bilishi kerak!

Keyingi safar pul to‘lashingiz yanada oson kechadi, chunki ushbu maqolada keltirilgan 1-, 2- va 3-qadamlarni bajarishingiz kerak bo‘lmaydi.

Yana bir marta ura!

Fikr va mulohazalar (7)

• [pic]

๑ॐ๑ॐ๑ Murod Nabiyev ๑ॐ๑ॐ๑

20:33, 03.05.2013 agar shu oson yo’li bo’sa…man hali online ga o’tishga tayyormasakanman:D

Log in to Reply o [pic]

Farhod Fayzullayev

16:43, 04.05.2013 Tez orada bundan ham osonlashadi

Log in to Reply • [pic]

Abduvali Namazov

21:24, 03.05.2013
Давлат тили ҳақидаги қонунга асосан, терминал (инфокиоск)нинг биринчи саҳифасида аввал ўзбек тилида ёзилиши керак эди. Шу ёзувни ҳам ўзбек тилида имловий хатосини тўғрилаб қўйиш лозим – “Tilni tanglash”.
Яна бир нарса, http://my.uzcard.uz/ebank/ сайтини ўзида мобил алоқа учун тўловни амалга оширишни иложи йўқми?
Log in to Reply o [pic]

Farhod Fayzullayev

16:45, 04.05.2013 Sekin-sekin hammasi bo‘ladi [pic] Bu birinchi qadam.

O‘sha shaxsiy kabinetdan turib ko‘p xizmatlar uchun pul to‘lash imkoniyati yaratilyapti. Navbatdagi maqolamiz aynan shu haqda bo‘ladi

Log in to Reply • [pic]

Michael Scofield

04:32, 04.05.2013 http://my.uzcard.uz/ebank/ saytining ishonchlilik darajasi haqida kim kafolat beradi? http://my.uzcard.uz/ebank/ sahifasiga tashfir buyurganimda hech qanaqa himoya darajasini kurmadim. Balki bu haqda ham yetarlicha ma’lumot berarsilar.
Log in to Reply o [pic]

Farhod Fayzullayev

16:47, 04.05.2013 Shaxsiy kabinetga kirish uchun, avvalambor, kartochkangiz o‘zingizda bo‘lishi va SMS-bildirishnomalarni yoqqan bo‘lishingiz kerak.

Ikkinchidan, unga kirish uchun login va parolingizni kiritishingiz kerak

Uchinchida, har bir to‘lovni SMS orqali tasdiqlashingiz kerak.

Uch karra himoya

Log in to Reply • [pic]

Dilmurod Nasibullayev

23:01, 04.05.2013
Undan ko’ra paynet orqali to’lagan qulayroq

Log in to Reply

Fikr bildiring

Marhamat, bu xabarga fikr bildirish uchun saytga kiring.

Similar Documents